Kursning 4-mavsumi

Biznesda Islom moliyasi

Biznesingizni Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq rivojlantiring — ilmiy, amaliy va dalillarga asoslangan bilim bilan.

Boshlanishi: 13-iyun 202614 ta dars7 haftaOflayn — Toshkent
Joylar cheklangan
Mezon Ta'lim ustozlari
Mezon Ta'lim ustozlari
Siz ham…

Bu savollar sizga tanishmi?

?

Moliyaviy qarorlaringizga asosli, ilmiy yondashishni istaysizmi?

?

Biznesingizda qanday shartnomalar tuzayotganingizga to'liq amin emasmisiz?

?

Sherikchilik bitimlaridagi kamchiliklar tufayli muammolarga duch kelasizmi?

?

Biznesda eng to'g'ri va adolatli yo'lni tutishni xohlaysizmi?

Bu kursda…

Kurs yakunida nimaga erishasiz

Moliyaviy qarorlarni ilmiy va asosli yondashuv asosida qabul qilishni o'rganasiz.

Biznesda tuziladigan asosiy shartnomalar mohiyati, tuzilishi va shartlarini aniq tushunib olasiz.

Sherikchilik bitimlaridagi xatolarni aniqlash va oldini olish ko'nikmasini shakllantirasiz.

Biznesda eng to'g'ri va adolatli yo'l tutish uchun zarur bilimlarni olasiz.

Nega aynan shu kurs?

Bu kurs nega kerak?

Moliyaviy qarorlarga ilmiy yondashing

Qaror qabul qilishdagi ikkilanish va ko'ngil xiraliklaridan voz keching — qarorlaringizga ilmiy va axloqiy asos toping.

Real tajribadan foydalaning

Mezon Kengashi mutaxassislarining ilmi va bizneslar bilan to'g'ridan-to'g'ri konsultatsiya tajribasidan istifoda qiling.

Sohaning jadal rivojiga tayyor bo'ling

Yurtimizda Islom moliya tizimi rivojlanmoqda. Siz bunga hissa qo'shing va undan hissador bo'ling.

Barqaror tadbirkorlik kalitini oling

Shartnoma mohiyatidagi muammolarni o'rganib, ularni isloh qiling — biznesingiz barqarorligini ta'minlang.

Kurs haqida

Asosiy ma'lumotlar

Boshlanishi
13-iyun, 2026
Dars kunlari
Shanba va yakshanba
Darslar vaqti
9:00 – 12:30
Davomiyligi
7 hafta — 14 ta dars
Kurs dasturi

4 modul — yo'nalishlar bo'yicha

14 ta dars · Har biri 3.5 soat · Ma'ruza + savol-javoblar
1-modul

Islom moliyasining nazariy asos va tamoyillari

  • Islom moliyasiga kirish
  • Islom moliyasida shartnomalar
  • Savdo
  • Qarz va Ribo
2-modul

Yordamchi shartnomalar va savdo shartnomalari

  • Tavliya, Iqola, Vakala
  • Vadia, Kafolat, Rahn
  • Nasiya, Taqsit va Murobaha
  • Salam shartnomasi
3-modul

Sherikchilik va ishlab chiqarish shartnomalari

  • Istisna shartnomasi
  • Mushoraka shartnomasi
  • Muzoraba shartnomasi
4-modul

Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va bozorlar

  • Ijara shartnomasi
  • Islomiy bank xizmatlari
  • Investitsiya va aksiyalar
O'quv dasturi

14 ta darsning batafsil rejasi

Har bir modulni ochib, dars sanalari va mavzular bilan tanishing.

1
13-iyun, 2026
Islom moliyasiga kirish
Islom moliyasi tarixi; asoslari va tamoyillari; qiyosiy tahlil
2
14-iyun, 2026
Islom moliyasida shartnomalar
Shartnomalarning Islomdagi o'rni; mol, manfaat va egalik tushunchalari; shartnoma ruknlari va turlari
3
20-iyun, 2026
Savdo
Savdo ta'riflari; savdo joizligiga dalillar; bitimga tegishli shartlar
4
21-iyun, 2026
Qarz va ribo
Qarz munosabatlari; riboning taqiqlanishi va turlari; g'arar va maysir taqiqlari
5
27-iyun, 2026
Yordamchi shartnomalar
Tavliya savdosi, Iqola; Vakala shartnomasi; investitsiya bo'yicha vakillik
6
28-iyun, 2026
Yordamchi shartnomalar, Nasiya va Taqsit
Kafolat; Garov (Rahn); Nasiya savdo; Taqsit savdo
7
4-iyul, 2026
Murobaha shartnomasi
Asosiy shartlar; mijoz buyurtmasi asosidagi murobaha; xatarlarni boshqarish; bekor qilish shartlari
8
5-iyul, 2026
Salam savdosi
Salam ta'rifi; tartibga soluvchi shartlar; Salam shartnomasidagi xatarlar
9
11-iyul, 2026
Istisna shartnomasi
Ta'rifi; dalillar va jihatlari; shartlari; xatarlarni kamaytirish
10
12-iyul, 2026
Mushoraka shartnomasi
Asosiy tushunchalar; dalillari; asosiy talablar; tugatilishi
11
18-iyul, 2026
Muzoraba shartnomasi
Asosiy tushunchalar; dalillari; Mushoraka bilan aralashishi; tugatilishi
12
19-iyul, 2026
Ijara shartnomasi
Asosiy tushunchalar; ijaraga oid holatlar; shartnoma turlari; boshqarishdagi muammolar
13
25-iyul, 2026
Islomiy bank xizmatlari
Xizmat turlari; Vakala, Vadia, Murobaha, Parallel Salam, Istisna, Mushoraka mutanaqisa va Muzorabaning qo'llanilishi
14
26-iyul, 2026
Investitsiya va aksiyalar (Kurs bitiruvi)
Obligatsiyalar; aksiyalar; biznes faoliyati va moliyaviy ko'rsatkichlar
Ustozlarimiz

Soha mutaxassislaridan o'rganing

Muxtorjon Akramov

Muxtorjon Akramov

Mezon Ta'lim direktori — kursning asosiy treneri

O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi o'qituvchisi va magistri. Islom huquqi va moliyasi bo'yicha 5 yillik tajriba. Turkiya va Qatardagi AAOIFI kabi nufuzli muassasalar dasturlarida qatnashgan.

Xalqaro AAOIFI CPSS sertifikati sohibi
Muhammad Ayyubxon Homidov

Muhammad Ayyubxon Homidov

Mezon Kengashi maxsus kengashi raisi

O'zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi, Toshkent islom instituti katta ustozi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining peshqadam shogirdlaridan. O'ndan ortiq kitob muallifi va muharriri.

Qo'shimcha afzalliklar

Faqat darsdan ko'ra ko'proq

Ma'ruza + amaliy keyslar + haftalik sinov testlari + yakuniy imtihon

Turli mutaxassis mehmon spikerlar

Muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun maxsus sertifikat

Barcha jonli darslarning video yozuvlari

Bitiruvchilarimiz fikrlari

Natijalar — bitiruvchilarimiz tilidan

Kursni tamomlaganlar biznesida nimalar o'zgardi?

Video fikrlar

Takliflar va narxlar

O'zingizga mos tarifni tanlang

Standart
9 000 000 UZS
  • Darslarning video yozuvlari — 6 oy
  • Kurs materiallari (kitoblar va bloknot)
  • Oflayn darslarda qatnashish (14 ta)
  • Onlayn savol-javob guruhi
  • Kofe-breyk va Networking
  • Tarqatma materiallar
  • Maxsus sertifikat
  • Kuratorlar yordami
Tanlash
Ro'yxatdan o'tish

Joyingizni band qiling!

Ariza qoldiring — biz siz bilan bog'lanib, kurs tafsilotlari haqida ma'lumot beramiz.

Bog'lanish

Joylar cheklangan

Ariza qoldiring

Ro'yxatdan o'tish