CPSS imtihoniga o'zbek tilida tayyorgarlik
Xalqaro AAOIFI Shariat standartlari bo'yicha CPSS imtihoniga puxta tayyorlaning.

Bu holat sizga tanishmi?
Islom moliyasi sohasida karyera qurishni va xalqaro sertifikat bilan darajangizni tasdiqlashni istaysizmi?
AAOIFI standartlarini quruq yodlash emas, mohiyatini tushunib amaliyotda qo'llashni xohlaysizmi?
CPSS'ga ingliz yoki arab tilida tayyorlanishga vaqt ketyapti-yu, mohiyat to'liq yetib bormayaptimi?
«O'zbek tilida bo'lganida, mohiyatini ancha yaxshi anglardim» deb o'ylaysizmi?
Kurs yakunida nimaga erishasiz
Mavzular o'zbek tilida tushuntirilib, CPSS imtihoniga puxta tayyorgarlik ko'rasiz.
AAOIFI standartlarining mazmuni va ularning amaliy qo'llanilishini o'rganasiz.
CPSS sertifikatini olish jarayoni va imtihon yo'l-yo'riqlarini aniq bilib olasiz.
Standartlarning mohiyatini o'zbek tilida sodda va tushunarli tarzda o'zlashtirib olasiz.
Bu kurs nega kerak?
Xalqaro standartlar o'z tilingizda
AAOIFI shariat standartlari o'zbek tilida sodda va tushunarli sharhlab beriladi — mohiyatni to'liq anglaysiz.
Nufuzli xalqaro sertifikat
CPSS — AAOIFI tashkiloti ishlab chiqqan, Islom moliyasida professional darajangizni tasdiqlovchi sertifikat.
Markaziy bank talablariga mos
Markaziy bank qarorida islomiy moliya kengashi a'zolari va mas'ul rahbarlar uchun CPSS, CSAA, CIPA kabi AAOIFI sertifikatlari malaka talabi sifatida belgilangan.
AAOIFI rasmiy vakilidan o'rganing
Kursni AAOIFI'ning O'zbekistondagi rasmiy vakili — Mezon Kengashi tashkil etadi. Ustozlar orasida AAOIFI texnik guruhining amaldagi a'zosi bor.
Asosiy ma'lumotlar
14-oktabr, 2026
Chorshanba va juma, 17:00–20:00
15 hafta — 30 ta dars (90 soat)
Oflayn (Toshkent) yoki onlayn (Zoom)
4 modul — 10 ta mavzuviy yo'nalish
Islom moliyasi asoslari
- AAOIFI standartlari va sertifikatlari
- Ribo va asosiy taqiqlar
- G'arar nazorati (SS 31)
- Shartnomalarni birlashtirish (SS 25)
Islomiy moliyaviy shartnomalar
- 2.1. Savdo
- 2.2. Ijara va xizmatlar
- 2.3. Sherikchilik
- 2.4. Ixtiyorlar va va'dalar
- 2.5. Kafolatlar, akkreditiv va rahn
- 2.6. Qarz munosabatlari
- 2.7. Ijtimoiy moliya va boshqalar
Islomiy bankchilik
- Bank xizmatlari (SS 28)
- To'lov kartalari (SS 61)
- Sindikat moliyalashtirish (SS 24)
- Kredit kelishuvi (SS 37)
- Likvidlik (SS 44)
- Bankni islomiy bankka aylantirish (SS 6)
Islomiy moliyaviy bozorlar va sug'urta
- Sukuk (SS 17/62)
- Qimmatli qog'ozlar (SS 21)
- Indekslar (SS 27)
- Tijorat qog'ozlari (SS 16)
- Islomiy sug'urta va qayta sug'urta (SS 26, 41)
30 ta darsning batafsil rejasi
Har bir yo'nalishni ochib, dars sanalari va AAOIFI shariat standartlari bilan tanishing.
Sohani mutaxassislardan o'rganing

Xondamir Nusratxo'jayev
AAOIFI Moliyaviy hisob texnik guruhining amaldagi a'zosi
MDHda AAOIFI Kengashining yagona a'zosi (2016–2023), AAOIFI FAS moliyaviy hisob standartlari hammuallifi, AAOIFI sertifikatlangan treneri. 28 yillik tajriba: 15 yildan ortiq — turli mamlakatlarda «Big Four» kompaniyalarida, 13 yildan ortiq — xalqaro islomiy bank tizimida. Rossiya Markaziy banki va Sberbank uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar o'tkazgan.
ACCA · CSAA · CIPA (AAOIFI) · IICRA CIAE
Muxtorjon Akramov
Mezon Ta'lim direktori — kursning bosh treneri
Nufuzli Mir Arab madrasasi va Toshkent Islom institutini tamomlagan, O'zbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi magistranti. Islom moliyasi va huquqi bo'yicha 5 yillik tajriba. Turkiya va Qatarda xalqaro AAOIFI dasturlari ishtirokchisi.
Xalqaro AAOIFI CPSS sertifikati sohibi
Muzaffar Husniddinov
Mezon Kengashi direktori va asoschisi
AAOIFI sertifikatlangan Islom moliyasi maslahatchisi va auditori (CSAA). Dunyoning Top-100 universitetlaridan biri — Koreya universitetida MBA. «Big Four» konsalting kompaniyalarida audit, moliyaviy nazorat va avtomatlashtirish bo'yicha tajriba. Shariat kengashlarini tashkil qilish, mahsulotlarni tuzish, sertifikatlash va nazorat bo'yicha o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirgan.
CSAA (AAOIFI) · Waqf Practitioner · CAPAbdurashid Qahramonov
Mezon Kengashi loyihalar menejeri — yordamchi ustoz
Turkiyadagi Marmara universitetida Islom moliyasi bo'yicha magistr diplomi sohibi. «Mezon Kengashi» loyihalarini boshqaradi, Mezon Ta'lim trening markazida yordamchi ustoz.
Xalqaro AAOIFI CPSS sertifikati sohibiFaqat darsdan ko'ra ko'proq
59 ta AAOIFI shariat standarti — to'liq va tizimli qamrov
Nazariy bilim + amaliy keyslar: har bir standartning bank amaliyotida qo'llanilishi
Mustahkamlash va savol-javob (Q&A) sessiyalari, sinov testlari ustida ishlash
Kurs yakunida sinov imtihoni va maxsus sertifikat
Barcha darslarning video yozuvlari — 2 yilga
Onlayn savol-javob guruhi va tarqatma materiallar
Natijalar gapirsin
Ingliz tilida o'tkazilgan CPSS tayyorlov kursidan muvaffaqiyatli sertifikat olganlardan.
Katta rahmat! Sizlarning ko'magingiz va yo'l-yo'riqlaringizga chin dildan minnatdormiz. Tayyorlov kursingiz bo'lmasaydi, imtihondan o'tishimiz juda qiyin bo'lardi. Hamma narsa uchun yana bir bor rahmat!
CPSS imtihonidan o'tgan bitiruvchimiz
Guruhimni tabriklab, o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Shubhasiz, bu kurs sertifikat olishda hal qiluvchi rol o'ynadi. Bilim tarqatishni va hissa qo'shishni to'xtatmanglar!
CPSS imtihonidan o'tgan bitiruvchi
Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman — imtihondan o'tish uchun kerak bo'lgan hamma narsani qildingiz. Endi mening tushunchalarim va maqsadim bor — in sha Allah, imtihondan o'taman.
Kurs tinglovchisi
Joyingizni band qiling!
Ariza qoldiring — biz siz bilan bog'lanib, kurs tafsilotlari haqida ma'lumot beramiz.